Familiya tanlash imkoniyati kengaymoqda

Date:

Farzandga ism va familiya berish masalasi nafaqat huquqiy, balki milliy an’analar bilan ham chambarchas bog‘liq. Ota-onalarga farzandining familiyasini belgilashda qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida qonunchilikka yangi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onasining familiyasiga qarab belgilanadi. Shuningdek, milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi familiya sifatida berilishi mumkin.

Oila kodeksining 69-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda otaning ismini ham bolaga familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur tartib fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratib, milliy va diniy an’analarga muvofiq farzandiga familiya tanlash borasidagi xohish-istaklarini amalga oshirish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun