“Odil sudlov – 2030”: sud-huquq tizimida yangi islohotlar

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi. Unda sudlarni 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi taqdim etildi.

Aholi, huquqshunoslar va xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan strategiyada 57 ta vazifa, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan 160 ta chora-tadbir va 33 ta maqsad belgilangan.

Unga ko‘ra, 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etilib, sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish xolisligi oshiriladi. Fuqarolik sudlari aholiga yanada yaqinlashtiriladi, sud xizmatlarida “yagona darcha” va “Raqamli sud” tizimlari keng joriy etiladi.

Tergov bosqichida inson huquqlarini himoya qilish uchun “asosli gumon” standarti joriy qilinadi. Yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun ochiq “Pretsedentlar reyestri” yuritiladi. Mediatsiya va yarashuv mexanizmlari ham kengaytiriladi.

Shuningdek, sud mustaqilligini mustahkamlash, sud ma’murchiligini takomillashtirish, sudyalar malakasini oshirish va sud tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilanmoqda.

Prezident strategiyani ma’qullab, uni amalga oshirishga qaratilgan tegishli farmonni imzoladi.

Bosh maqsad — fuqarolarga yaqin, ochiq va adolatli sud tizimini shakllantirish hamda inson huquqlarini ishonchli himoya qilish.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun