43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil davom etib, aholiga munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ana shunday ezgu ishlardan biri Turmush obod mahallasidagi 43-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirildi. Investitsiya dasturi doirasida maktab uchun qo‘shimcha 300 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi bino o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.

Ochilish marosimida Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, ta’lim sohasi mas’ullari, nuroniylar, maktab jamoasi, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi Sariosiyoda bayram arafasidagi bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Endilikda yuzlab o‘quvchilar zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olish imkoniyatiga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun