2 sotixdan — mo‘l hosil va daromad

Date:

Tomorqa — to‘g‘ri yondashuv va tinimsiz mehnat bilan oilaviy daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sho‘rchi tumanining Baxshtepa mahallasida yashovchi mirishkor dehqon Toshpo‘lat Ismatovning faoliyati bunga yaqqol misol.

U xonadonidagi atigi 2 sotixlik issiqxonadan unumli foydalanib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida bodring yetishtirmoqda. Mavsum davomida minglab ko‘chatlar parvarishlanib, mo‘l hosil olinmoqda. Xonadondagi serhosil uzumzor ham oilaning qo‘shimcha daromad manbalaridan biriga aylangan.

Kichik maydondan samarali foydalanish, har bir qarich yerga mehr va mas’uliyat bilan yondashish natijasida yetishtirilayotgan mahsulotlar oilaviy ehtiyojni ta’minlash bilan birga, mahalla va tuman bozorlariga ham chiqarilmoqda.

Toshpo‘lat Ismatovning tajribasi tomorqadan unumli foydalanib, daromadini oshirishni istagan xonadonlar uchun yaxshi namuna. Zero, yerga mehr, mehnat va tadbirkorlik uyg‘unlashgan joyda baraka va farovonlik bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun