Huquqiy baho berildi

Date:

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Tolib Tilavov raisligida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Probatsiya guruhida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida jazo o‘tash davrida mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sud tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq amal qilgan hamda xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirgan shaxslarning holatiga huquqiy baho berildi. Natijada 4 nafar nazorat ostidagi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan axloq tuzatish ishlari jazosidan, 8 nafari esa ozodlikni cheklash jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Ayni paytda sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 1 nafar nazorat ostidagi shaxsga nisbatan jazo ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.

Sayyor sud majlisi yakunida sud raisi tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berildi. Bunday sayyor sud majlislarining o‘tkazilishi sud qarorlarining mazmunini bevosita jamoatchilikka yetkazish, jazoni o‘tayotgan shaxslarning xulq-atvori va tuzalish yo‘lidagi harakatlariga huquqiy baho berish imkonini beradi.

Zero, qonun ustuvorligi — adolatni ta’minlash, inson taqdiriga mas’uliyat bilan yondashish va har bir holatga qonun asosida xolis baho berishning muhim mezonidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun