Matonat va mahorat zafari

Date:

Samarqand viloyatida milliy sport turi bo‘lmish O‘zbek jang san’atining Kompleks mashq, Temuriylar jang usuli, Ko‘rgazmali chiqish hamda “Assalom tong” yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda viloyatimiz sharafini 128 nafar ma’nan va jismonan barkamol sportchilarimiz munosib himoya qilishdi.

Oydin va mardona olishuvlar yakunida viloyatimiz terma jamoasining 55 nafar a’zosi shohsupaga ko‘tarilib, navbatdagi ulkan g‘alabani qo‘lga kiritishdi:

🥇 12 ta — 1-o‘rin (Oltin medal)

🥈 17 ta — 2-o‘rin (Kumush medal)

🥉 26 ta — 3-o‘rin (Bronza medal).

Milliy g‘ururimiz va sportimiz dovrug‘ini munosib himoya qilgan sportchilarimizni hamda ularning murabbiylarini ushbu zalvorli muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun