Tashabbuslar qo‘llab-quvvatlovda

Date:

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes uchun qulay muhit yaratish va yangi loyihalarni rag‘batlantirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Shu ma’noda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar soha vakillarining taklif va muammolarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy yechim topish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini Surxondaryo viloyati studiyasidan davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar hamda ishbilarmonlar kuzatib, unda ilgari surilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdilar.

Muloqot davomida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratish, biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar tadbirkorlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, yangi loyihalarni amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun berilayotgan imkoniyatlar tadbirkorlik faolligini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Ochiq muloqotlar — tadbirkorlarning ovozini eshitish, muammolarini o‘rganish va yangi tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun