Yana bir maktab yangilandi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun yana bir munosib tuhfa amalga oshirildi. “Ovchi” mahallasidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan 3,809 milliard so‘m mablag‘ evaziga maktab to‘liq rekonstruksiya qilinib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, shinam va qulay ta’lim muhiti yaratildi.

Yangilangan ta’lim maskanining ochilish marosimida Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda soha mas’ullari ishtirok etdi. Endilikda maktab o‘quvchilari yangilangan va zamonaviy sharoitlarda ta’lim olib, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bayram arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu ta’lim maskani yurtimizda yosh avlod kelajagiga, sifatli ta’lim va inson kapitaliga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar...

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...
KunTun
KunTun