10 ming korxona uchun — sun’iy intellekt hamkor

Date:

Sun’iy intellektning ishlab chiqarish va tadbirkorlikka keng joriy etilishi korxonalar samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi mahsulotlar yaratishda muhim omilga aylanmoqda. Shu bois biznes subyektlarining ushbu zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlar yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda “10 ming korxona uchun — sun’iy intellekt hamkor” dasturi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Dastur doirasida korxonalarga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida ilk superkompyuter klasteri ishga tushirilgani, kelgusi yilda uning quvvati uch baravar oshirilishi bildirildi. Yangi mahsulotlar uchun sun’iy intellekt modellarini yaratishda tadbirkorlar ushbu superkompyuterdan bepul foydalanishi, ilmiy-tadqiqot xarajatlari esa budjet mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

Tadbirkorlar uchun tayyor sun’iy intellekt dasturlari ham ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun kamida 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, to‘qimachilik sanoatida qo‘llanilgan tajriba elektr texnikasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etilib, ushbu korxonalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Mazkur tashabbuslar sun’iy intellektni yirik texnologik kompaniyalargina emas, balki keng doiradagi tadbirkorlar uchun ham amaliy vositaga aylantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun