Termizga 30 ta yangi avtobus keldi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida aholi uchun yana bir quvonchli yangilik amalga oshirildi. Shaharning jamoat transporti tizimi 30 ta yangi zamonaviy avtobus bilan boyitildi.

“Universal elektrotexnik servis” MChJ tomonidan xarid qilingan “Zongtong” rusumli avtobuslar yo‘lovchilarga qulay, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida shahar yo‘nalishlariga chiqarildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yurtdoshlarni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Yangi transport vositalari Termiz aholisi uchun yanada qulay shahar qatnovini ta’minlashda muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Avtobuslar ShI-1-sonli “Temir yo‘l vokzali – Pattakesar mahallasi” hamda ShI-5-sonli “Istiqlol maydoni – “Taxta” bozori – Manguzar masjidi – Temir yo‘l vokzali – Istiqlol maydoni” aylanma yo‘nalishlarida harakatlanadi.

Yangi avtobuslarning foydalanishga topshirilishi Termizda jamoat transporti xizmatlarini yanada rivojlantirib, aholining kundalik qatnovini yengillashtiradi.

Mustaqillik bayrami arafasida xalqimiz uchun yaratilayotgan bunday qulayliklar yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun