Kurash sport zali foydalanishga topshirildi

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli sportchilar uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar Jarqo‘rg‘on tumanida ham izchil davom etmoqda.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida tumanda bunyod etilgan zamonaviy Kurash sport zali foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Mahmudov, tuman hokimi Ilhom Safarov, faxriylar, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda yangi sport maskani yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi, bu yerdan kelgusida yangi chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi. Kurashchilar bilan suhbat davomida ularning reja va ezgu niyatlari tinglandi.

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan mazkur sport zali yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va kurashda yangi marralarni zabt etishi uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...

Termizga 30 ta yangi avtobus keldi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida aholi uchun yana...

Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Surxondaryo viloyatida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan...

“Uzum sayli”: Surxondaryo birinchi o‘rinni egalladi

Parkent tumanida ikki kun davomida o‘tkazilgan “Uzum sayli –...
KunTun
KunTun