“Uzum sayli”: Surxondaryo birinchi o‘rinni egalladi

Date:

Parkent tumanida ikki kun davomida o‘tkazilgan “Uzum sayli – 2026” xalqaro festivali ko‘tarinki kayfiyat, milliy an’analar va bayramona ruhda o‘tdi.

Festivalda Surxondaryo viloyati jamoasi vohaning qadimiy uzumchilik an’analari, sarxil uzum navlari, milliy hunarmandchilik va folklor san’atini keng namoyish etdi. Viloyat pavilyoni mehmonlarda o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlari bilan katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida hududlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tanlovlar tashkil etilib, eng munosib ishtirokchilar aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati jamoasi hududlar orasida faxrli birinchi o‘rinni egallab, festivalning bosh sovriniga munosib ko‘rildi.

Bu yutuq vohaning uzumchilik borasidagi boy tajribasi, milliy madaniyati va ijodiy salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi. “Uzum sayli – 2026” esa milliy qadriyatlar, dehqonchilik an’analari, hunarmandchilik va san’atni birlashtirgan haqiqiy bayram sifatida yodda qoldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun