Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Usanov boshchiligidagi ishchi guruh Xitoyning nufuzli kompaniyalari vakillari bilan navbatdagi amaliy uchrashuvni o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida 3 ta yirik loyihani tez fursatlarda amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
“Anhui Fengyuan Equipment Technology Co. Ltd” kompaniyasi bilan:
— Termiz shahrida obodonlashtirish tizimini DXSh asosida modernizatsiya qilish;
— avtomobilsozlik, robototexnika, avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarini qamrab olgan kasb-hunar maktabini tashkil etish.
“Tranalytic International Limited Co. Ltd” kompaniyasi bilan:
— Termizda bosqichma-bosqich “Aqlli shahar” (Smart City) loyihasini joriy etish.
Loyihalar uchun puxta biznes-rejalar ishlab chiqiladi, Xitoydan sohaga ixtisoslashgan ekspertlar jalb etiladi. Eng muhimi, loyihalarni moliyalashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.
Mazkur loyihalar Termiz infratuzilmasini yangilash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va yoshlar uchun zamonaviy ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

