Paxta terimiga start berildi

Date:

Bandixon tumanida dalalar oq oltin hosiliga to‘lib, mas’uliyatli paxta yig‘im-terim mavsumi boshlandi. Paxtakor hududidagi “Omad” fermer xo‘jaligining 25 gektarlik dalasida mavsumning ilk terim jarayoniga start berildi.

Terimni mahallaning mehnatkash xotin-qizlari boshlab berib, mo‘l hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olishga bel bog‘lashdi. Dalada terimchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Joriy yilda Bandixon tumanida 3 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib olish maqsadida 43 ta terim otryadi shakllantirilib, mavsumga 5 ming nafardan ortiq terimchini jalb etish rejalashtirilgan.

Paxta yig‘im-terimi — qishloq mehnatkashlarining bir yillik zahmatiga yakun yasaydigan mas’uliyatli jarayon. Har bir terilgan paxta ortida halol mehnat, oila farovonligi va yurtimiz dasturxoniga baraka mujassam.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun