Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “O‘tkir Hoshimovning o‘zbek milliy va zamonaviy adabiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar adibning boy ijodiy merosi, uning asarlari orqali milliy qadriyatlar, insonparvarlik, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini targ‘ib etishdagi beqiyos o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar O‘tkir Hoshimovning mashhur asarlaridan parchalar o‘qib, yozuvchi ijodida ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi g‘oyalarni namoyon etdilar.

Mazkur adabiy-badiiy kechadan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy barkamollik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Akbar Axmedov,

III darajali serjant

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun