Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi.

Kakaydi garnizonida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, jamoaviy hamkorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri taktik yechim topish borasidagi bilim va mahoratini namoyon etdilar.

Bellashuvlar harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, axborot texnologiyalari sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Ayni bu kabi kibersport musobaqalari Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi boshqa garnizonlarda ham bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Ularni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning raqamli texnologiyalarga oid bilimlarini oshirish, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar qo‘mondonlikning Faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Akbar Axmedov,

III darajali serjant

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun