“Oʻzbek–Afgʻon doʻstlik bogʻi” qurilishiga start berildi

Date:

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi amaliy hamkorlik yana bir muhim loyiha bilan boyimoqda. Ikki davlatning qishloq xoʻjaligi sohasidagi sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladigan “Oʻzbek–Afgʻon doʻstlik bogʻi” qurilishiga Afgʻonistonning Faryob viloyatida rasman start berildi.

Loyiha Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining Afgʻonistonga tashrifi doirasida boshlandi. Xon-Chorbogʻ tumanidagi 60 gektar maydonda barpo etilayotgan bogʻga 40 ming tup mevali koʻchat ekilib, zamonaviy tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, sugʻorishni uzluksiz taʼminlash maqsadida 8 ming kub metr sigʻimli suv ombori quriladi.

Mutasaddilar taʼkidlashicha, mazkur loyiha zamonaviy bogʻdorchilik texnologiyalarini keng joriy etish, meva yetishtirish hajmini oshirish hamda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi doʻstlik va iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun