399 million so‘mdan ortiq ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

Date:

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib o‘rin topishini ta’minlash davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Angor tumanida “Mehr daftari” doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Farmoni va Hukumat qaroriga muvofiq, bugungi kunda tumandagi 68 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, yoshlarning haydovchilik kurslari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun mehnat qurollari, oliy ta’limga tayyorgarlik va kontrakt to‘lovlari moliyalashtirildi. Shuningdek, sport va musiqa anjomlari, kiyim-kechak, uy jihozlari, davolanish hamda uy-joyni jihozlash xarajatlari qoplandi. Bundan tashqari, tumandagi ikki oilaviy bolalar uyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari yetkazib berildi.

Natijada Angor tumanida “Mehr daftari” doirasida jami 399 million 380 ming 520 so‘m miqdorida ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, ehtiyojmand bolalar va yoshlarning hayot sifatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun