“Bir Vatan, bir millat, bir yurak”

Date:

Bugungi globallashuv davrida xorijda yashayotgan yosh avlodning ona tili, milliy qadriyatlari va tarixiy ildizlari bilan bog‘liqligini mustahkamlash har qachongidan ham muhim. Shu maqsadda Toshkent viloyatidagi “Yangi O‘zbekiston” bolalar yozgi dam olish oromgohida “Bir Vatan, bir millat, bir yurak” shiori ostida etnomadaniy “Anor” loyihasi doirasida ilk bor o‘zbek tili oromgohi faoliyat boshladi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan loyihada Qatar, AQSH, Italiya, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlardan kelgan 250 ga yaqin 7–14 yoshli yosh vatandoshlar ishtirok etmoqda.

Oromgoh dasturi davomida bolalar o‘zbek tili bo‘yicha mahorat darslari, ommaviy diktant, debatlar, “Zakovat” intellektual o‘yini, milliy hunarmandchilik va taomlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, kitobxonlik, sport va madaniy tadbirlarda qatnashadi. Shuningdek, ular davlat va jamoat arboblari, yoshlar yetakchilari hamda harbiylar bilan uchrashuvlarda ishtirok etib, Vatan tarixini, milliy qadriyatlarni va zamonaviy O‘zbekistonni yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyiha yosh vatandoshlarning ona tiliga mehrini kuchaytirish, milliy o‘zligini anglashini mustahkamlash hamda dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan o‘zbek farzandlarini yagona ma’naviy qadriyatlar atrofida birlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

“Anor” loyihasi 3-avgustga qadar davom etadi. Yakunda faol ishtirokchilar taqdirlanib, oromgoh hududida ramziy “Vatandoshlar bog‘i” barpo etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun