“Ona uyi” qoʻllaydi

Date:

Termiz shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va ularning farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi “Ona uyi” resurs markazi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur tashabbus ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ayollarni hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga ko‘maklashish hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Markaz O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida tashkil etilgan.

Bu yerda ehtiyojmand ayollar va bolalar uchun vaqtinchalik boshpana, yuridik va psixologik yordam, shuningdek, ta’lim olish hamda bandlikka yo‘naltirish xizmatlari ko‘rsatiladi.

“Ona uyi” resurs markazi og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollarning mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashish va farzandlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim ijtimoiy maskan sifatida faoliyat yuritadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun