Termizda transport hamkorligi kengaytiriladi

Date:

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlarini yanada samarali tashkil etish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bugungi kunning muhim masalalaridan biridir.

Shu maqsadda Termiz shahrida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Afg‘oniston Transport va aviatsiya vazirligi vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda xalqaro avtomobil yuk tashuvlarini rivojlantirish, milliy tashuvchilar uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, Afg‘oniston hududida o‘zbekistonlik tashuvchilardan undirilayotgan yig‘imlarni o‘zaro manfaat va tenglik tamoyillari asosida maqbullashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat milliy tashuvchilarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, savdo aloqalarini kengaytirish va mintaqaviy logistika salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga...

Ishlar nega sust?

Denov tumani hokimi o‘rinbosari Sherzod Isanov ishtirokida aholi bandligini...

Nuroniylar sayohatga yo‘l oldi

Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand...

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...
KunTun
KunTun