Viloyat hokimi Mengal momo xonadonida boʻldi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining Kayran mahallasida yashovchi tajribali pillakor Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, pilla parvarishi va terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida pillachilik sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xonadon faoliyati o‘rganilib, joriy mavsumdagi pilla terimi ishlari ko‘zdan kechirildi. Muloqot jarayonida pillakorlarning mehnatini qo‘llab-quvvatlash, sohada samaradorlikni oshirish hamda mavjud tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, Angor tumanida pillachilik qadimiy an’ana va mehnatsevarlik asosida rivojlanib bormoqda. Tajribali pillakorlarning fidokorona mehnati tufayli mavsum uyushqoqlik bilan davom etayotgani esa belgilangan reja ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli bajarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun