Xotin-qizlar sportda faol

Date:

Termiz shahrida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — mahallalarda yashovchi ayollarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqalarda viloyatning turli shahar va tumanlaridan kelgan jamoalar yengil atletika, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini ham namoyon etdilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom hayot tarzini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun