Savob

Date:

Bahorda yo‘l chetida tarvuz sotuvchi otaxon paydo bo‘ldi.

— Ota, tarvuzlaringiz qancha?

— Tekin.

Hamma lol bo‘ladi, tekin deganiga olishga hamma iymanadi!

— Rostdan tekinmi? — so‘raydi hamma bir-biridan.

Bir aka botinib: — Amaki, nega tekinga sotyapsiz? — deb so‘raydi.

— O‘g‘lim, kampirim har safar homiladorligida tarvuz yegisi kelardi. Bahorda men tarvuz qidirib sarson bo‘lardim. Kampirim o‘tganidan keyin, har bahor uning ortidan savobi borsin deb, kuzda tarvuz olib qo‘yib, bahorda izlab yurganlarga ulashaman.

Otaxonga uzoq umr so‘rayman. Qulog‘iga pichirlayman:

— Achchiqqina anordan bir dona olib qo‘ymagan ekansiz-da…

Otaxon kuladi:

— Bolam, senga sabr bersin. Mana shu ko‘cha bo‘ylab borsang, Mehri momoni uyidan topasan anorni.

Nuriddin Ziyo

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun