Ta’lim o‘yinga asoslansa…

Date:

Angor tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan ijodiy festival o‘yinga asoslangan ta’lim metodikalarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni ommalashtirishga qaratildi. Tadbirda pedagoglar qisqa vaqt ichida bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos, xavfsiz va rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlarni ishlab chiqib, o‘z ishlanmalarini taqdim etdilar.

Festival doirasida Ilk qadam asosida yaratilgan innovatsion materiallar pedagoglarning ijodiy salohiyati va amaliy mahoratini yaqqol namoyon etdi. Har bir jamoaning ishlanmasida bolani fikrlashga undash, mustaqil qaror qabul qilish va o‘yin orqali rivojlantirishga xizmat qiluvchi yondashuvlar ustuvor bo‘ldi.

Hakamlar tomonidan 5-sonli DMTT jamoasi 1-o‘ringa loyiq deb topildi, 11-sonli DMTT 2-o‘rinni, 2-sonli DMTT esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ularning ishlari nafaqat ijodkorlik, balki metodik puxtalik va amaliy samaradorligi bilan ajralib turdi.

Bu kabi festivallar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni kuchaytirish, tarbiya jarayonini o‘yin orqali boyitish va eng muhimi — bola tafakkurini erta bosqichdan rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun