Surxondaryo sha’nini TerDU himoya qiladi

Date:

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning viloyat bosqichida futbol bo‘yicha kechgan bahslar talabalar sportining naqadar rivojlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Murosasiz va yuqori tempdagi uchrashuvlarda Termiz davlat universiteti jamoasi barqaror o‘yin, puxta taktika va jamoaviy uyg‘unlik evaziga barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Jamoaning muvaffaqiyatida futbolchilarning maydondagi intizomi, tezkor qarorlari va bir-birini to‘ldira olgan o‘yini hal qiluvchi omil bo‘ldi. Ayniqsa, bosim ostida ham hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolganlari ularning sportiy yetukligini ko‘rsatdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi qat’iyatli o‘yini bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Termiz davlat pedagogika instituti jamoalari texnik va kurashuvchan futbol namoyish etib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Bu musobaqa talaba yoshlar orasida nafaqat sport raqobatini, balki iroda, jamoaviy fikrlash va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni ham shakllantirdi. Endilikda Termiz davlat universiteti jamoasi viloyat sha’nini respublika bosqichida himoya qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Og‘ir mahalla”da holat qanday?

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida...

Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun...

Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi...

Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi...
KunTun
KunTun