“Qorayantoq”da kelajak bunyod etilmoqda

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani, “Qorayantoq” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hududning mutlaqo yangi qiyofasini shakllantirmoqda. Zamonaviy 5 va 9 qavatli uy-joylar, keng infratuzilma hamda obodonlashtirilgan hududlar aholi uchun qulay va farovon turmush muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Hududdagi eng muhim loyihalardan biri — IT va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan zamonaviy o‘quv markazidir. Qiymati 6,5 milliard so‘mlik ushbu markaz yoshlarni zamonaviy kasb va innovatsion bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu yerda dasturlash, grafik dizayn, robototexnika, sun’iy intellekt, freelansing hamda kompyuter texnologiyalariga oid amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi.

400 nafargacha o‘quvchini bir vaqtning o‘zida qamrab oladigan markaz kelgusida minglab yoshlarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi. Kovorking maydonlari, sport zali, book cafe va zamonaviy yotoqxonaning tashkil etilishi esa ushbu maskanni nafaqat ta’lim, balki innovatsion muhit markaziga aylantiradi.

Bugun “Qorayantoq” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining amaliy ifodasi bo‘lib, hudud rivoji, aholi farovonligi va yoshlar kelajagiga qaratilgan uzoq muddatli strategik investitsiya sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun