Harbiy xizmatdan hayot maktabigacha…

Date:

Muzrabot tumanida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash va kelajak rejalari bilan yaqindan tanishishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda tuman rahbariyati tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari va maqsadlari asosida amaliy tavsiyalar berildi.

Bugungi kunga qadar tumandan harbiy xizmatga yuborilgan 160 nafar yoshning 124 nafari xizmatni muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan bo‘lsa, 36 nafari xizmatni shartnoma asosida davom ettirmoqda. Ayniqsa, 42 nafar yoshning oliy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma bilan qaytgani harbiy xizmatning nafaqat jasorat, balki kelajak uchun yangi imkoniyatlar maktabiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va oliy ta’limga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa davlat siyosatida yoshlarning faqat buguni emas, balki ertangi hayoti va jamiyatdagi o‘rniga ham katta mas’uliyat bilan yondashilayotganidan dalolat beradi.

Bugun harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — ularning tajribasi, intizomi va vatanparvarlik ruhini jamiyat taraqqiyotiga yo‘naltirish deganidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun