Mualliflik huquqi tiklandi

Date:

Adliya vazirligi amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilishi yuzasidan sudda g‘alaba qozongani haqida ma’lum qildi. Ish Uchtepa tumanlararo fuqarolik sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimi M. Chutpulatovdan da’vogar foydasiga 20 mln 600 ming so‘m tovon undirish belgilandi. Shuningdek, alohida ma’muriy ish doirasida 2 million 60 ming so‘m jarima ham tayinlanib, “O‘tkan kunlar” asarining inglizcha tarjimasi noqonuniy tarqatilgan elektron nusxasi platformalardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.

Holatga ko‘ra, Mark Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarining o‘zi tayyorlagan tarjimasi ruxsatsiz skaner qilinib, PDF ko‘rinishida tarqatilganini intellektual mulk huquqlarining buzilishi sifatida baholagan. Bu esa nafaqat individual muallif huquqlari, balki mamlakatning xalqaro akademik va investitsion nufuziga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sud qarori O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish, xalqaro standartlarga rioya etish hamda mualliflik huquqi madaniyatini kuchaytirish yo‘lida muhim huquqiy amaliyot sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun