Ringda charxlangan iste’dod

Date:

Tashkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Respublika ochiq turnirida Behruz Allamurodov yuksak mahorat va qat’iyat namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sho‘rchi tumanidagi 44-maktabning 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan yosh sportchi 37 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

280 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar qatnashgan nufuzli musobaqada Behruzning har bir jangdagi aniqligi, tezkor qarorlari va ruhiy bardoshi uning kelajagi porloq bokschi ekanini namoyon qildi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u ringda o‘ziga xos ishonch va professional yondashuv bilan ajralib turdi.

Bu g‘alaba nafaqat bir sportchining muvaffaqiyati, balki Sho‘rchi yoshlari orasida sportga bo‘lgan qiziqish, intilish va g‘alaba ruhining ortib borayotganidan dalolatdir. Behruz Allamurodovning yutug‘i tengdoshlari uchun ilhom, murabbiylar mehnati uchun esa munosib e’tirof bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun