“Toza qoʻllar” — sogʻlom turmush sari yoʻl

Date:

Bugungi kunda nafaqat bilim, balki sogʻlom muhitda taʼlim olish har bir talabaning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Ana shunday muhim yoʻnalishlardan biri — “Toza qoʻllar” dasturi boʻlib, u sogʻlom hayot, tozalik madaniyati va gigiyena tamoyillarini talabalar hayotiga singdirish orqali ijtimoiy muhitni sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilmoqda. Dastur maqsadi:

Talabalar uchun sogʻlom, xavfsiz va gigiyenik muhit yaratish;

Oliy ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish;

Tozalik madaniyatini talaba yoshlar ongiga chuqur singdirish;

Yuqori xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhi tomonidan dastur ijrosi chuqur oʻrganildi. Oʻquv binolari, talabalar turar joylari, oshxonalar va ovqatlanish joylaridagi holat oʻrganilib, gigiyena tamoyillariga amal qilinayotgan daraja yuqori baholandi.

Bundan tashqari, “Toza qoʻllar” faqat amaliy gigiyena tadbirlarini emas, balki ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni ham oʻz ichiga oladi. Bu orqali talabalar orasida tozalik, ijtimoiy mas’uliyat va shaxsiy madaniyat tushunchalari mustahkamlanmoqda.

“Toza qoʻllar” — bu shunchaki tashqi tozalik emas, fikrlar va turmush tarzining sogʻlomligi, jamiyatga hurmat va mas’uliyat demakdir. Bu kabi dasturlar orqali nafaqat kasalliklarning oldi olinadi, balki talabalar ongida sogʻlom turmush falsafasi shakllanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun