Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Date:

Uzun tumanining “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa maktabi” xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish va ularning daromadini oshirishga xizmat qilmoqda. Viloyat hokimi topshirig‘i asosida yo‘lga qo‘yilgan ushbu tashabbus doirasida ishsiz ayollarga gul yetishtirish, parvarishlash hamda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Tomorqa maktabida tinglovchilar nafaqat gulchilik sirlarini o‘rganmoqda, balki o‘z tomorqasidan daromad manbai yaratish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Bu esa mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, tumandagi 51 ta mahallada ham ana shunday gulchilik tomorqalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali kam ta’minlangan va ishsiz xotin-qizlarni doimiy band qilish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun