Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Date:

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi. Bitiruvchilar qo‘llarida gullar bilan maktab sari oshiqdi. Maktab hovlilarida quvonch, sog‘inch va orzular uyg‘unlashgan bayramona muhit hukm surdi. Ota-onalar farzandlarining ulg‘ayganidan faxrlansa, ustozlar yillar davomida bergan mehnatining samarasini ko‘rib mamnun bo‘ldi.

Viloyatdagi 978 ta umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tantanalarda davlat madhiyasi yangrab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bitiruvchilarga yo‘llangan samimiy tabrik o‘qib eshittirildi. Bu esa yoshlarni Vatanga sadoqat, bilim va yuksak maqsadlar sari intilish ruhida ruhlantirdi.

Bayram davomida ta’limda yuqori natijalarga erishgan, fan olimpiadalari va turli tanlovlarda muvaffaqiyat qozongan, jamoat ishlarida faol qatnashgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirlarda kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari va samimiy tilaklar yangrab, bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalar yaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025–2026-o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 978 ta umumta’lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi hamda 12 ta nodavlat ta’lim muassasasini 48 ming 402 nafar 9-sinf va 37 ming 788 nafar 11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda.

Fotosuratlarda Termiz shahridagi 26-maktabda bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiridan lavhalar aks etgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun