Shaffof tizim joriy etiladi

Date:

Tadbirkorlik faoliyatida shaffoflikni oshirish, asossiz tekshiruvlar va noqonuniy aralashuvlarning oldini olish bugungi kunda iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda biznes subyektlari huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan yangi tizimlar joriy etilmoqda.

“Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, davlat xizmatchilarining tadbirkorlar bilan barcha rasmiy va norasmiy muloqotlari tizimda majburiy qayd etiladi. Asossiz va takroriy muloqotlar bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan.

Shuningdek, “Biznes himoya” QR-kodi joriy etilib, tekshiruv jarayonlari faqat tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi. Tadbirkorlarga esa o‘z huquqlarini himoya qilish va tekshiruvlar tarixini kuzatish imkonini beruvchi shaxsiy kabinet avtomatik tarzda ochiladi.

Mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklash, biznes muhitida shaffoflikni ta’minlash hamda tadbirkorlar huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun