Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Date:

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik” nomli tarixiy romani nashrdan chiqdi. Asar Amir Temur saroyiga yuborilgan kastiliyalik elchi Rui Gonsales de Klavixoning 1403–1406-yillardagi diplomatik safari haqida hikoya qiladi.

Roman voqealari Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan Amir Temur davlati bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tarixiy elchilik missiyasiga asoslangan. Muallif elchilarning O‘rta yer dengizi, Konstantinopol, Fors va Markaziy Osiyo orqali Samarkandga yetib borish yo‘lini batafsil tasvirlaydi.

Asarda Temuriylar davridagi Samarqandning savdo, diplomatiya va madaniyat markazi sifatidagi o‘rni alohida yoritilgan. Buyuk Ipak yo‘li, saroy marosimlari, xalqaro savdo va Sharq hamda G‘arb o‘rtasidagi aloqalar roman markaziy mavzularidan biridir.

Kitob Rui Gonsales de Klavixoning mashhur “Temur huzuriga elchilik” xronikasi asosida yaratilgan bo‘lib, tarixiy manbalarni badiiy uslubda qayta talqin qiladi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, romanning nashr etilishi Ispaniyada Amir Temur davri va Markaziy Osiyo tarixiga qiziqish hanuz yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun