Qizlar tashabbusi — jamiyat taraqqiyoti poydevori

Date:

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan “Tashabbuskor Ayol-qizlar marafoni” hamda “Qizlar Akademiyasi” platformasining targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur forum yosh qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni tashabbuskorlik, liderlik va zamonaviy fikrlash ruhida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Tadbirda turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan ayol spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarga motivatsiya ulashdilar.

Tadbir davomida faol qatnashgan talaba-qizlar “Qizlar ovozi” klubi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuv yosh qizlar qalbida katta maqsadlar sari intilish, o‘ziga bo‘lgan ishonch va yangi imkoniyatlarga ochilish ruhini yanada mustahkamladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun