Jarqo‘rg‘onda baliqchilik rivojlantiriladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurgan xitoylik investorlar bilan baliqchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv baliq yetishtirish, qayta ishlash korxonalari, sovutkich omborlari hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tuman hokimi Ilhom Saparov hududdagi yirik ko‘lning tabiiy imkoniyatlari baliqchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Xitoylik investorlar esa hududning investitsion salohiyatiga yuqori baho berib, kelgusida hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun