“Olmazor” tajribasi natija beradimi?

Date:

Denov tumanida probatsiya nazoratidagi mahkumlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli va manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Viloyat prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi qarori hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, shuningdek “Olmazor” tajribasini hududda joriy etish yuzasidan qabul qilgan farmoyishi asosida qator amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, tuman probatsiya bo‘linmasi hisobida turuvchi mahkumlarning jazoni o‘tash davridagi xulqi, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgani hamda tayinlangan jazoning muayyan qismini o‘tagani inobatga olinib, 16 nafar mahkum O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Bu kabi yondashuv mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirish, ularni qonuniy hayot tarziga qaytarish hamda ijtimoiy reabilitatsiya jarayonlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Probatsiya tizimining asosiy maqsadi ham jazoni ijro etish bilan birga, shaxsning tuzalishiga ko‘maklashish va qayta jinoyatchilikning oldini olishdan iborat.

Shu bilan birga, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tash talablariga rioya qilmagan, tartibni buzgan hamda jazodan bo‘yin tovlagan 2 nafar mahkumga nisbatan jazoning o‘talmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, probatsiya tizimida rag‘bat va javobgarlik tamoyillarining birgalikda qo‘llanishi mahkumlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun