“Yurt qayg‘usida 365 kun”

Date:

Davlat boshqaruvi va islohotlar jarayonini tizimli yoritishga qaratilgan yana bir muhim nashr — “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi chop etildi. Ushbu to‘plam Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomida amalga oshirgan keng qamrovli faoliyatini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar hamda fotolavhalar asosida jamlagan.

Kitobda davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy himoya, ekologik barqarorlik, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi muhim jarayonlar xronologik tartibda yoritilgan.

Nashr oylar kesimida tuzilgan bo‘lib, har bir bo‘lim boshida Prezident faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qisqacha bayon etiladi. Shundan so‘ng esa muhim tashriflar, uchrashuvlar, videoselektor yig‘ilishlari, xalqaro muzokaralar hamda imzolangan hujjatlar batafsil sharhlab berilgan.

Mazkur kitob yil davomida amalga oshirilgan islohotlar mazmunini yaxlit tasavvur qilish, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini chuqur anglash hamda jamiyatdagi o‘zgarishlarni tahliliy asosda o‘rganish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun