Soliq bozor narxida baholanadi

Date:

Soliq tizimida shaffoflikni oshirish, adolatli baholashni ta’minlash va noqonuniy narx farqlarining oldini olishga qaratilgan yangi tartiblar iqtisodiy munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bozor narxidan keskin farq qiluvchi bitimlarning oldini olish soliqqa tortish tizimining adolatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 18-maydagi qaroriga muvofiq, ko‘chmas mulk va yog‘och mahsulotlari bo‘yicha soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqib aniqlash tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, agar sotuv narxi rasmiy bozor qiymatidan 20 foizdan ko‘proq farq qilsa, soliq bazasi bozor narxi asosida hisoblanadi. Ko‘chmas mulk narxi vakolatli baholash organi ma’lumotlari asosida, yog‘och mahsulotlari esa birja savdolari va tegishli manbalar orqali aniqlanadi.

Yangi tartib soliq organlariga aniq va ishonchli ma’lumotlar asosida soliq bazasini belgilash imkonini berib, iqtisodiy shaffoflikni yanada kuchaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun