Tomarqadan eksportga

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Bo‘ston” mahallasi Qizilqoya massivida tadbirkor Elyor Rahmonov tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona majmuasida bugungi kunda 3 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Issiqxonada bulg‘or qalampiri, pomidor, bodring va tarvuz parvarishlanib, yetishtirilgan hosil ichki hamda tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. Bu esa nafaqat tadbirkorning barqaror daromad manbaini yaratmoqda, balki hudud oziq-ovqat ta’minoti va eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

E’tiborlisi, avval yer unumdorligi past deb baholangan hududda zamonaviy yondashuv va mehnat orqali samarali loyiha yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu issiqxona yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun