Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Date:

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro ekspert Jozef Grego bilan hamkorlikda Surxon vohasining noyob biologik olamini o‘rganmoqda.

Ayni kunlarda Ko‘hitang tog‘lari va Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida olib borilayotgan ilmiy ekspeditsiyalarda TerDU olimlari ham faol qatnashmoqda. Xususan, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Abdulazizova ilgari fan uchun yangi avlod va yangi tur — Neofruticicola donumni aniqlagan edi.

Joriy tadqiqotlar davomida ushbu noyob turning tirik namunalari yig‘ilib, molekulyar-genetik tahlillarga tayyorlandi. Olimlar Surxondaryodagi g‘or va buloqlarda hali fan uchun noma’lum bo‘lgan mikro-mollyuskalarni aniqlash, ularni xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilish hamda vohaning bioxilma-xilligini dunyoga tanitishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun