“TANDIR FEST” — QIZGʻIN O‘TMOQDA!”

Date:

Boysun bahori” turizm majmuasida Surxondaryo viloyatida ilk bor tashkil etilgan “Tandir Fest” festivali o‘z ishini boshladi. Uch kun davomida mehmonlar uchun qiziqarli tadbirlar taqdim etiladi. Birinchi navbatda malakali oshpazlardan “Tandir go‘sht” tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda. Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan mazkur festival noyob madaniy tadbirdir.

Milliy hunarmandchilik va an’anaviy san’at ko‘rgazmalari esa barchani tomoshaga chorlayotir. Folklor jamoalar chiqishlari, jonli kuy-qo‘shiqlar yosh-u keksani raqsga, oʻyin-kulguga chorlab, vaqtlarini mazmunli oʻtishiga xizmat qildi.

Havo sharlarini uchirish, yuqoridan Boysunni tomosha qilish imkonini esa faqat va faqat ushbu festivalga kelganlargina qoʻlga kiritish mumkin.Voha ahli oilaviy va do‘stlari bilan birgalikda xotiralarga boy, mazmunli dam olayotir

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elektr taʼminoti to‘liq tiklandi

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va qor bo‘ronlari oqibatida...

Tushuntirish ishlari olib borildi

“Migratsion profilaktika” oyligi doirasida Muzrabot tumani IIB JXX HPB...

Barqaror daromad sari…

2026-yil 1-fevraldan boshlab “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub oilalar...

Bojxona tizimidagi ochiqlik

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi...
KunTun
KunTun