Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni

Date:

Kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir yosh Prezident maktabida o‘qishni orzu qiladi. Ushbu maktabda o‘qish har bir yoshga faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otishi aniq. Ayniqsa, bu maktabda ta’lim tizimi an’anaviy maktablardan tubdan farq qiladi.
Ana shunday havasmand yoshlar uchun Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyuruvchi yoshlarga viloyatimizda yagona bo‘lgan Prezident maktabidagi oʻqitish tizimi va metodikasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar, turli xildagi koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) namoyish etildi. Bundan tashqari, o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun