Kamchiliklar joyida bartaraf etildi

Date:

Shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonning, birinchi navbatda, tashqi yozuvlarga, kafe va restoranlarning, xizmat ko‘rsatish obyektlarining yuzidagi peshlavhalarga ko‘zi tushadi. To‘g‘ri, o‘zbek tilidagi bilan birga ingliz, rus, italyan va turli tillardagi yozuvlar bilan keltirilgan nomlarga duch kelamiz. Ammo ularning hammasi ham to‘g‘ri, imlo qoidalariga asosan yozilmaganligi, xato ekani ta’bimizni xira qiladi. Bunday xatoliklarga duch keladigan mehmonlar biz haqimizda qanday fikrga kelishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Ana shunday xatoliklarni bartaraf etish maqsadida Termiz shahridagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari), ularning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mosligi hamda “Davlat tili haqida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tuzilgan Ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
O‘z navbatida, tadbirkorlarga huquqiy tushunchalar orqali ogohlantirish xatlari taqdim etildi, ayrim holatlarda kamchiliklari joyida bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun