“Salomatlik” karvoni Sariosiyoda

Date:

Sog‘ligida shikoyati bor-u, ammo tibbiy ko‘rikka bora olmayotganlar, imkoniyati yetmayotganlar haqida qayg‘urgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan “Salomatlik” mobil karvoni tashkil etildi.
Ushbu mobil karvon to‘xtagan Sharg‘un shahar poliklinikasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va bolalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rik va tekshiruvlar tashkil etildi. Ko‘rik davomida fuqarolarga kerakli tibbiy maslahatlar berildi. Eng asosiysi, ularning davolanishlari uchun yo‘llanmalar berilib, 32 turdagi dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun