Jarqoʻrgʻonda ilk marotaba…

Date:

Kasaling bo‘lsa, bir dard, agar uni davolash uchun poytaxtga yoki boshqa bir davlatga borib jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, dard ustiga chipqon bo‘ladi-qo‘yadi. To‘g‘ri-da, olis joyga borib davolanish uchun ham ancha-muncha mablag‘ kerak. Ustiga ustak ovoragarchilik, yugur-yugur bu kabi muammolar kasalning dardini og‘irlashtirsa og‘irlashtiradiki, aslo yengilashtirmasligi tayin.
Biroq jarqo‘rg‘onlik M.Aga chuqurlashtirilgan tekshiruvdan soʻng, oʻtkir toshli xolesistit tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa-da, Jarqo‘rg‘on tumanining o‘zida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari uning joniga ora kirib, noyob jarrohlik amaliyotini ham o‘tkazishdi.
Jarqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida barcha zaruriy asbob-uskunalar mavjudligi bois bemorda shu joyning oʻzida ilk bor loperaskop yoʻli bilan xolesistoektomiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
M.Aning tuman tibbiyot birlashmasiga qilgan murojaati, mutasaddilarning o‘z vaqtida qaratgan e’tibori, qolaversa, tuman tibbiyot birlashmasida jonkuyarlik qilayotgan shifokorlar bir insonni og‘ir darddan xalos etdi. Qayta yashashga va sog‘lom inson bo‘lim jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun