Muammoga munosib yechim

Date:

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida 24 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisliklarida 3 262 nafar talaba tahsil olmoqda. Muassasada yoshlarning shunchaki vaqt o‘tkazib, muddati kelganda diplomini olib ketishlari uchun emas, balki sohada yetarlicha bilim va salohiyatga, tajribaga ega bo‘lishlari uchun o‘z kasbining, sohasining tajribali mutaxassislari tomonidan amaliy va nazariy bilim hamda ko‘nikmalar berib boriladi.
Bundan tashqari, institutda “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, chorvachilik, parrandachilik, issiqxona xo‘jaligi, sabzovotchilik va polizchilik hamda biznes-moliya va huquqiy savodxonlik yo‘nalishlarida surxondaryo, qashqadaryo va buxorolik yosh fermerlarning malakasi oshirilib kelinmoqda.
Har bir talaba bir mas’uliyat ekan, muassasada yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish ustida mas’ullar tinimsiz izlnishda. Birgina 2022-yil yakunida quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, mazkur panellar orqali bir kunda 274 kVt/soat (219 200 so‘m) elektr energiya ishlab chiqariladi. Natijada esa qo‘shimcha elektr energiyasi olinishi hisobiga mablag‘lar iqtisod qilinmoqda.
Oliy dargohda barcha ishlar risoladagidek yo‘lga qo‘yilgan, ammo bir muammo bor. Ya’ni, institutga qo‘shimcha bino qurilsa, o‘quv xonalari borasidagi masala yechim topgan bo‘lardi. Surxondaryo viloyat hokimi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida bo‘lib, shart-sharoit bilan tanishdi. Institut jamoasi va talaba-yoshlarning taklif hamda muammolariga quloq tutdi. Haqiqatan ham institutda qo‘shimcha o‘quv binosi ajratish lozim.
Masalaga munosib yechim esa tezda topila qoldi. Hozirgi kunda kasb-hunar maktabi sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq Xalqobod kolleji binosi 886 o‘rinli bo‘lib, mavjud quvvatdan to‘liq foydalanilmayotgani hisobga olinib, yildan-yilga talalabalar soni ortib borayotgan, qo‘shimcha o‘quv binosiga ehtiyoji bo‘lgan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga ajratish masalasi tegishli vazirliklar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun