Vazir o‘rinbosari TerDUda

Date:

Oliy ta’limga hujjat topshirib, ijodiy-kasbiy imtihonlar oldida turibmiz. Xo‘sh, universitetlarda imtihonlarga tayyorgarlik qay darajada? Ayni savollarga javob topish maqsadida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Surxondaryoga keldi.
Dastlab K. Karimov Termiz davlat universiteti binosida 2023/2024-o‘quv yilida qabul jarayonlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Tashrif davomida qabul jarayonlari va imtihonlarni o‘tkazish, bu borada abituriyentlar va ularning ota-onalariga munosib shart-sharoit yaratish bo‘yicha oliygohda amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi. So‘ng, jami 840 o‘rinli test imtihonlari hamda ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan majmualarni ham ko‘zdan kechirdi. Aytish lozimki, ushbu binolar test jarayonlarining shaffof o‘tkazilishi uchun kuzatuv kameralari hamda to‘liq sovutish tizimlari bilan jihozlangan.
Vazirning birinchi o‘rinbosari jarayonlar bilan tanishar ekan, qabul jarayonlarini munosib sharoitda o‘tkazish bo‘yicha o‘zining zarur taklif va tavsiyalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun