Yuridik texnikumni 134 nafar yosh bitirdi

Date:

Xalqimizning huquqiy savodxonligini oshishida, muammolarini bartaraf etishda kerakli huquqiy tavsiya, maslahat berish, yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatishda maslahatchi huquqshunslarning o‘rni va xizmati katta. Kuni kecha esa ana shunday bo‘lajak maslahatchi huquqshunoslarning 134 nafari Surxondaryo viloyati yuridik texnikumini tamomlab, davlat namunasidagi diplomlarini olib, ish faoliyat sari ilk odimlarini tashladilar.
Bitiruvchilarga diplomlarini topshirish marosimi yoshlarga va ularning ota-onalari, yaqinlari uchun katta xursandchilikka sabab bo‘ldi. Tadbirni texnikum direktori B.Gaffarov ochib berdi va tabrik uchun so‘zni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Raxmatovga berdi. A.Raxmatov bitiruvchi yoshlarga kelajakda egallagan kasbi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib, sharaf bilan turli sohalarda faoliyat olib borishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Qolaversa, marosimda o‘quvchilarning ota-onalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, jumladan, Majburiy ijrosi buyrosi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi kadrlar sho‘basi inspektori M.Mamatov va boshqarma katta inspektori Q.Tursunovlar ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga egallagan kasblari bo‘yicha yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdosh bo‘ldilar.
Albatta, yuridik texnikumini tamomlagan bu yoshlar nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlari mumkin, balki imtiyozli diplom sohiblari suhbat asosida oliy ta’limda o‘qishlarini davom ettirishlari ham eng yaxshi imkoniyat deyish mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun